18:00 / 16.05.2019
4 755

Fattoh Shodiyev va Alisher Usmonov Toshkentdagi xalqaro forumda ishtirok etadi

Fattoh Shodiyev va Alisher Usmonov Toshkentdagi xalqaro forumda ishtirok etadi
19 may kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining V xalqaro forumi – davlat arboblari, yirik tadbirkorlar, ko‘p tomonlama institut rahbarlari, nufuzli jurnalistlarning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, USM Holdings asoschisi, MDXMIning Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Usmonov, Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy, Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari Ilyos Umaxanov ishtirok etadi. Tadbirni MDXMIning Kuzatuv kengashi a’zosi, TASS bosh direktorining o‘rinbosari Mixail Gusman olib boradi.

Forumda siyosat, xavfsizlik, iqtisod va madaniyat sohasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha Mongoliya tashqi ishlar vaziri Damdin Sogtbaatar, Kambodja Ta’lim vaziri N.Xan Chuon, Rossiya fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati rahbari S.Kravsov, MDXMning Vasiylik kengashi a’zosi Fattoh Shodiyevlar so‘zga chiqadi. Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar qatoriga Slovakiya tashqi ishlar vaziri Miroslav Laychak qo‘shiladi. Barcha so‘zga chiquvchi nufuzli mehmonlar Moskva xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilari hisoblanishadi.

Forumning asosiy dasturi davlat idoralari va kompaniyalar rahbarlarining biznes uchrashuvlaridan iborat. Uchrashuv davomida ta’lim, madaniyat va investitsiya sohasida ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi.

MDXMI, Jahon iqtisod va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston va Rossiyaning boshqa oliy o‘quv yurtlari mutaxassislari ishtirok etadigan tadbirda Markaziy Osiyodagi ko‘p tomonlama hamkorlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlararo munozara bo‘lib o‘tadi.

Forumda, shuningdek, universitetni rivojlantirishning yangi strategiyasi muhokama qilinadi. Forumda Toshkent MXMI filiali ochilishi haqidagi dastur taqdimoti ham o‘rin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Fattoh Shodiyev va Alisher Usmonov Toshkentdagi xalqaro forumda ishtirok etadi