Oʻzbekistonning haydovchilik guvohnomasi endi Janubiy Koreyada ham tan olinadi

Oʻzbekistonning haydovchilik guvohnomasi endi Janubiy Koreyada ham tan olinadi
O‘zbekistonning haydovchilik guvohnomasi endi Janubiy Koreyada ham tan olinadi

24 dekabrdan O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro Bitim kuchga kirdi. Unga muvofiq O‘zbekistonning haydovchilik guvohnomasi Koreya Respublikasida ham amal qiladi. Bu haqda Carzone.uz xabar bermoqda.

Mazkur hujjat 2015 yilning 28 mayida Seulda imzolangan bo‘lib, O‘zbekiston fuqarolariga Janubiy Koreya hududida transport vositasini boshqarish huquqini beradi. Endi O‘zbekiston fuqarolariga Koreyada haydovchilik bo‘yicha nazariy va amaliy imtihon topshirishning hojati yo‘q.

Koreya fuqarolari uchun bu tartib biroz murakkabroq. Koreya Respublikasi haydovchilik guvohnomasi, agar Koreya Respublikasi vakolatli organi tomonidan qo‘yilgan apostil hamda O‘zbekiston Respublikasidagi notarial idora tomonidan tasdiqlangan o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston hududida O‘zbekiston Respublikasi haydovchilik guvohnomasi bilan teng ravishda amal qiladi..
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar