09:55 / 24.05.2019
2 699

Markaziy bank mobil ilovalar orqali valyuta sotib olish hajmi keskin oshganini ma’lum qildi

Markaziy bank mobil ilovalar orqali valyuta sotib olish hajmi keskin oshganini ma’lum qildi
Markaziy bank aholi tomonidan tijorat banklarining mobil ilovalari orqali chet el valyutasi xarid qilinishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2018 yilning aprel oyidan boshlab joriy qilingan tijorat banklarining mobil ilovalari orqali chet el valyutasini jismoniy shaxslarga sotish (onlayn-konversiya) bo‘yicha bank xizmati aholi o‘rtasida tobora ommaboplashib bormoqda.

Chet el valyutasini masofadan turib xarid qilish uchun mahalliy bankda ochilgan xalqaro to‘lov kartasi hamda bankning tegishli mobil ilovasini o‘rnatish imkoniyatini beruvchi smartfonga ega bo‘lish kifoya.

Ushbu xizmat turidan foydalanishda mijozlar bankka tashrif buyurmasdan kunu-tun valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi sababli ham ommaviylashmoqda.

2018 yil va 2019 yilning 4 oyi ichida jismoniy shaxslar tomonidan 1,2 mlrd. dollar miqdorida chet el valyutasi xarid qilingan bo‘lsa, shundan 432,3 mln. doll. yoki 36 foizi onlayn-konversiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Umuman olganda, 2018 yilning aprelidan 2019 yilning apreligacha onlayn-konversiya xizmatining jami jismoniy shaxslarga sotilgan valyutadagi har oylik ulushi 9 foizdan 63 foizgacha yetdi. Bunda, jami xarid miqdoridagi onlayn-konversiya ulushining keskin o‘sishi asosan joriy yilning yanvar oyidan boshlab kuzatilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy bank mobil ilovalar orqali valyuta sotib olish hajmi keskin oshganini ma’lum qildi