21:06 / 31.05.2019
3 753

Xorijiy sayyohlar O‘zbekistonda necha dollar xarajat qilishadi?

Xorijiy sayyohlar O‘zbekistonda necha dollar xarajat qilishadi?
O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar tashrifi davomida o‘rtacha hisobda 709 dollargacha xarajat qiladi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatga tashrif buyuradigan chet ellik sayyohlarning o‘rtacha xarajatlarini hisoblash maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti, Toshkent markaziy temiryo‘l vokzali, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining asosiy chegara bojxona postlarida tanlanma kuzatuv tashkil etildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, bir nafar sayyohning tashrif davomidagi xarajati ko‘ratkichi 60 dollardan 709 dollargacha bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rsatkich turli davlatlardan kelgan mehmonlar uchun farqlanadi. Xususan, eng past ko‘rsatkich Tojikistonga (60,4 dollar), eng yuqori ko‘rsatkich esa uzoq xorijiy davlatlarga (709,4 dollar) to‘g‘ri kelmoqda.

Qirg‘izistondan kelganlar 99,3 dollar, Qozog‘istondan tashrif buyurganlar 158,3 dollar, Turkmanistondan kelganlar 104,6 dollar, boshqa MDH mamlakatlaridan bo‘lgan sayyohlar esa o‘rtacha 635,6 dollar xarajat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xorijiy sayyohlar O‘zbekistonda necha dollar xarajat qilishadi?