Toshkentda navbatdagi er silkinishi sezildi

2 yanvar, shanba kuni, soat 13:37da Toshkent shahrida navbatdagi er qimirlashi kuzatildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Silkinish haqida hozircha biror rasmiy ma’lumot e’lon qilinmadi.
Toshkentda soat 13:37da sezilgan zilzila kuchi taxminan 2 ball bo‘ldi.
Kunning shu vaqtida Afg‘onistonning Hindukush viloyati hududida, Tojikistonning Dushanbe shahridan 296 km, Afg‘onistonning Fayzobod shahridan 72 km masofada 5,2 balli er silkinishi qayd etilgan. Bu zilzila markazi 172 km chuqurlikda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Xitoyning shimoli-sharqida joylashgan Xeylunszyan viloyatida 6,4 magnitudali zilzila yuz bergandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing