
Foto: BBC UZBEK. Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasidagi reklama
Eurasianet nashri O‘zbekistondagi rus tilining mavqei, Rossiyaning O‘zbekistonga ta’siri haqida ikki maqola e’lon qildi.
- Maqolaning biri "O‘zbekiston: Rossiya uchun yumshoq kuch biznesdir" deb nomlangan.
- Ikkinchi maqola – "O‘zbekiston: rus tili ikkinchi tilga aylanmoqdami?".
- Ikki maqolada ham 9 may bayrami arafasida O‘zbekistonda rus tili atrofida yuzaga kelgan bahs tilga olinadi.
Ushbu bahs sabab O‘zbekiston tobora Rossiyaning ta’siriga tushmoqdami, O‘zbekistonni o‘z ta’sirida ushlab turish maqsadini ko‘zlayotgan Kreml yumshoq kuchini ishga solmoqdami degan savollar ham o‘rtaga tashlandi.
Eurasianet resursidagi maqolalarda marhum prezident Islom Karimov Rossiya bilan munosabatlarda masofa saqlashga harakat qilganiga qaramasdan rus tili va Rossiya televideniyesining ta’siri O‘zbekistonning shahar joylaridagi aholi orasida yuqoriligicha qolgani eslatiladi.
Millionlab qishloq odamlari ham uzoq yillardan buyon Rossiyada mehnat muhojirligida band bo‘ldilar.
O‘zbekistonda so‘nggi 30 yilda o‘zbek tili davlat tili maqomiga erisholmadi, bunda ziyolilarning ham aybi bo‘lgan.
Shuningdek, mamlakatda alifbo borasida bir qarorga kelinmagani ham rus tilidagi maktablarda ta’lim sifati yaxshiroq degan xulosaga yetaklagan.
Lotin alifbosiga o‘tish izchil bo‘lmagani va hamon lotin alifbosida nashr etilayotgan kitoblarning soni kamligi aytiladi "O‘zbekiston: rus tili ikkinchi tilga aylanmoqdami?" deb nomlangan maqolada.
"Rus tili biznes tili sifatida mustahkam qolmoqda. Rus tilining korporativ dunyodagi va hatto reklamadagi roli taqqoslab bo‘lmas darajada qolmoqda", – deyiladi maqolada.
«Eurasianet»dagi maqolalar mualliflari so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Rossiyaning savdo-iqtisodiy aloqalari kuchayganini tilga oladilar.
"Rus so‘zi"siz ham O‘zbekiston tuzumi va iqtisodiyoti Rossiyaga qaram", – deydi siyosiy tahlilchi Rafael Sattorov.
Mahalliy rasmiylar yoki tahlilchilar Rossiya bilan neft, ko‘mir, oziq-ovqat, atom energetikasi va og‘ir sanoatga tegishli ko‘plab kelishuvlar imzolanganini tahdid deb ko‘rmaydilar.
"Aksincha, ular Rossiya va Rossiya biznesmenini o‘sib borayotgan Xitoy ta’sirini pasaytiradigan muhim tarozi toshi deb ko‘radilar", – deyiladi "O‘zbekiston: Rossiya uchun yumshoq kuch biznesdir" deb sarlavha qo‘yilgan maqolada.
"O‘zbekistonning yangi rahbariyati G‘arb investitsiyalari cheklanishini yaxshi biladilar. Biror bir mamlakat Xitoy xarajatlariga tenglasholmaydi. Hatto Pekin ham Rossiyaning saqlanib turgan hozirligi va mashhurligini bosib o‘tolmaydi... Shuning uchun O‘zbekistonning Rossiya bilan yaqin munosabatlarni rivojlantirishdan o‘zga muqobili yo‘q. Boshqa bir tanlov faqat Xitoy", – deydi siyosiy tahlilchi Rafael Sattorov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar