Prezident huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va FVV xodimlaridan bir guruhini mukofotladi

12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Uz24.uz nashri.
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhi faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
Mukofotlarga davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi, milliy manfaatlarimizni himoya qilish hamda tinchlik, barqarorlik va jamoat tartibini ta’minlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan xodimlar munosib ko‘rildi.
Farmonning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing