O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskdagi muzokaralar yakunida Qo‘shma bayonot qabul qildi.
Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida 11ta hujjat imzolandi. Ular ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kooperatsiyani, hududlararo va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim, ommaviy axborot vositalari, nashriyot va poligrafiya faoliyati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalardagi almashinuvlar va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda davlat rahbarlari muzokaralar samimiy ruhda, samarali o‘tgani, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishilganini ta’kidladilar.
Belarus Prezidenti o‘tgan yili mamlakatlarimiz o‘zaro savdo aylanmasida oxirgi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqqani, bu ijobiy tendensiya bu yil ham davom etayotganini ta’kidladi.
– Muzokaralarimiz amaliy, konstruktiv ruhda o‘tdi hamda Belarus va O‘zbekiston strategik sheriklar ekanini yana bir bor tasdiqladi. O‘zbekiston keyingi uch yilda erishayotgan muvaffaqiyatlaridan juda xursandmiz. Mamlakat rahbariyati iqtisodiyot tarmoqlarini nafaqat modernizatsiya qilyapti, balki sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshiryapti, yangi yo‘nalishlarni hayotga tatbiq etyapti. Bu samarali hamkorligimizga umid bag‘ishlaydi, - dedi Aleksandr Lukashenko.
Tomonlar bundan buyon ham xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini tasdiqlashdi.
Tashrif arafasida Minskda o‘tgan Hududlararo forumda ikki mamlakat shahar va viloyatlari o‘rtasida 12 hujjat, shuningdek, umumiy qiymati qariyb 300 million AQSh dollari bo‘lgan shartnoma va bitimlar imzolangani qayd etildi.
Shu kunlarda Belarusda o‘tgan O‘zbekiston madaniyati kunlari ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan yorqin voqea bo‘lgani ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi