Toshkentdagi «Malika» maishiy texnika va elektronika yarmarkasi ko‘chiriladi


Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan «Malika» maishiy texnika va elektronika yarmarkasi («Fleshka» savdo markazi) ko‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi «Uz24.uz» murojaatiga javoban ma’lum qilgan, deb yozadi «daryo» nashri.
Savdo markazi ko‘chirilishining sababi sifatida yarmarka oldidagi Kichik halqa yo‘li ko‘chasida tirbandlik yuqoriligi haydovchilar va aholining noroziligiga sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan. Yarmarka qaerga va qachon ko‘chirilishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, yarmarka hozirgi joyga 2011 yilda Navoiy ko‘chasidan ko‘chirilgan bo‘lib, bu hududda uy-joylar majmuasi qurilgan edi.
Eng ko‘p o‘qilgan
Foto: uz24.uz / daryo
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…