O‘zbekiston oltin eksportini keskin ravishda oshirdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanib, Daryo xabar berdi.
Yanvar oyidan iyulga qadar O‘zbekiston boshqa mamlakatlarga 3,4 milliard dollarlik oltin sotgan. O‘tgan yilning xuddi shu davrida ushbu ko‘rsatkich 1,5 milliard dollarni tashkil etgan. O‘sish 2,2 barobarga teng.
So‘nggi besh yil ichida oltin eksporti bir necha barobarga oshgan. 2015 yilda eksport hajmi 823,9 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda — 738,2 milliard dollar, 2017 yilda esa 1,6 milliard dollarga yetgan.
O‘zbekiston o‘z oltinlarini narx-navoning oshishi fonida ko‘proq sotmoqda — iyun oyida oltin fyucherslari unsiyasi uchun 1397,7 dollarga oshgan (bu kabi holat oxirgi marta 2013 yilda sodir bo‘lgan).
Iyul oyida eksport ham sezilarli oshgan, iyun yakuni bo‘yicha 2 milliard dollarlik oltin sotilgan bo‘lsa, bir oydan so‘ng, ushbu ko‘rsatkich 1,4 milliard dollarga ko‘proqni tashkil etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?