Prezident maktablari boshqa maktablar uchun andoza boʻlishi, taʼlim muhitini oʻzgartirishi kerak. Bu haqda davlat rahbari Nukus shahrida qurilayotgan Prezident maktabi bilan tanishish chogʻida aytib oʻtdi.
Shavkat Mirziyoyev Prezident maktablari tashkil etish tashabbusini oʻtgan yili aynan Nukusda eʼlon qilgan, buni Qoraqalpogʻistondan boshlashni taklif etgan edi.
Joriy yil 20-fevralda shu boʻyicha Prezident qarori qabul qilindi.
Nukus shahrida ham ushbu maktab qurilishi jadal olib borilmoqda. Kembrij universiteti bilan hamkorlikdagi Imtihon kengashi tomonidan oʻtkazilgan qabul jarayonlarida eng bilimga chanqoq bolalar tanlab olindi.
Shavkat Mirziyoyev maktabning binosi ham, maʼrifati ham mukammal boʻlishi kerakligini, shuning uchun uni shoshmasdan, sifatli qurib, Konstitutsiya bayramida foydalanishga topshirish zarurligini taʼkidladi. Ungacha oʻquvchilar boshqa binoda oʻqib turadi.
Maktabda darslar xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oʻquv reja va “STEAM” dasturi asosida ingliz tilida olib boriladi. Matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilgʻor taʼlim metodologiyalari asosida chuqur oʻrgatiladi.
Davlat rahbari mazkur bilim dargohi uchun pedagoglar qanday tanlanayotgani bilan qiziqdi.
“Bu maktablarning oʻqituvchisi ham, oʻquvchisi ham eng namunali boʻlishi lozim. Chuqur bilim bilan birga maʼnaviyat, vatanparvarlik hissi ham singdirilishi zarur. Bu yerga bilimli bolalar kelishi uchun har bir tumanda bazaviy bogʻcha va maktablar shakllanishi lozim. Shunda umumiy bilim, saviya, taʼlim muhiti oʻzgaradi”, deydi prezident.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi