Telegram | Otabek Umarov
O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tashkil etilgani munosabati bilan 12 ta qonun hamda 3 ta kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Senat majlisida parlament a’zolari «Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni ko‘rib chiqishgan.
Xususan, O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurashish, tezkor-qidiruv faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha vakolatlari nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan ofitserlar uchun va muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun muddatli harbiy xizmatni o‘tashning yagona muddati belgilangan.
Bundan tashqari, chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining o‘quv muassasalarida emas, balki Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazlarida amalga oshiriladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi