
Bugun Volgabo‘yidan g‘arbiy Qozog‘iston orqali respublika hududiga nisbatan salqin havo oqimi kirib keldi, tekislik hududlarda avvalgidek quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, kunduzgi harorat mamlakatning katta qismida 2-3 darajaga pasayib, shu davr uchun xos bo‘lgan me’yorlarga yaqin bo‘ladi.
Dam olish kunlarida O‘zbekiston aholisini iliq va quruq ob-havo kutmoqda. Bu kunlarda respublikaga Turkmaniston hududlaridan chiqqan iliq havo kiradi. Termometr ustunchasi kunduzi 24-27 darajagacha ko‘tariladi.
Kelayotgan hafta dushanba kuni navbatdagi havo oqimi kirishi bilan respublikaning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lib, faqat Toshkent viloyatida havo o‘zgarishi mumkin. Ayrim joylarda shamol kuchayib, uning tezligi 15-20 m/s gacha yetishi mumkin. Kunduzgi harorat 18-23 darajagacha pasayadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar