Foto: TIV matbuot xizmati
Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 14 oktyabr kuni Bokuda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining yettinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston va kuzatuvchi-davlat Vengriya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining o‘z ishini boshlayotgan VII sammiti chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarning loyihalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida Turkiy kengash doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishning maqsad va vazifalari borasidagi O‘zbekiston qarashlariga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, mamlakat savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligi e’tirof etildi.
2017 yildan boshlab O‘zbekiston Turkiy kengashning ishtirokchi davlatlari bilan ikki tomonlama savdo aylanmasini yiliga o‘rtacha 30 foizga oshirib bormoqda. 5 oktyabr kuni Toshkentda turkiy olam vakillari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi va Investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.
Xiva shahrining 2020 yilda turkiy olamning madaniy poytaxti deb e’lon qilinishi madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida vazirlar tomonidan Turkiy kengash faoliyatining tashkiliy-moliyaviy masalalari yechimi, xususan, Vengriyada Turkiy kengash vakolatxonasini ochish bilan bog‘liq qator hujjatlar tasdiqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)