O‘zbekistonda ham, boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi kiberhujumlar soni ortib bormoqda. Mamlakatda 2019 yil boshidan buyon axborot xavfsizligi bilan bog‘liq 8 millionga yaqin holat qayd etilgan bo‘lib, ularning bir qismi yuqori xatarga ega bo‘lgan.
Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Moskvada o‘tayotgan «Ochiq innovatsiyalar» xalqaro forumining yalpi majlisida aytib o‘tdi.
«Shu sababli mamlakatda raqamli ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks dastur qabul qilingan. Uning doirasida axborot xavfsizligi sohasida 70dan ortiq hujjat tasdiqlandi. Barcha davlat institutlarida ma’lumot uzatishning himoyalangan tarmoqlari orqali elektron ma’lumot almashish yo‘lga qo‘yildi», – dedi Aripov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rilayotgan choralar natijasida O‘zbekiston Xalqaro elektr aloqa ittifoqining global kiberxavfsizlik indeksida 40 pog‘ona yuqorilab, 175 davlat orasida 52-o‘rindan joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi