17:00 / 07.11.2019
2 914

Oliy sud raisiga matbuot kotib tayinlandi

Oliy sud raisiga matbuot kotib tayinlandi
Oʻzbekiston Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Abidov Oliy sudi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati “Daryo”ga maʼlum qildi.

Lavozimga tayinlov Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.

Aziz Abidov 1976-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. 1998-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini xalqaro jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Oliy sudi matbuot xizmatida 2005-yildan faoliyat yuritib keladi. Oliy sud raisining matbuot kotibi bir vaqtning oʻzida Oliy sud matbuot xizmati rahbari sanaladi.

Eslatib oʻtamiz, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan oʻtkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi tasdiqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oliy sud raisiga matbuot kotib tayinlandi