
Bugun kun davomida O‘zbekistonga G‘arbiy Qozog‘iston hududidan kuchsiz sovuq havo oqimi kiradi. Respublikamizning katta qismida harorat 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bu mazkur davr uchun xos bo‘lgan harorat me’yorlariga yaqin.
Uzgidrometning xabar berishicha, dam olish kunlari antitsiklon ta’siri saqlanib turadi. Havo bosimining bir oz ko‘tarilishi fonida respublikada kam bulutli ob-havo kutilmoqda.
Ertalabki soatlarda havoning sovishi natijasida termometr ustunchasi 0-5 daraja iliq ko‘rsatkichdan oshmaydi, kunduzi esa o‘rtacha 10-15 darajagacha ko‘tariladi. O‘rtacha sutkalik harorat me’yordan 1-3 daraja past bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar