09:23 / 30.11.2019
4 223

Jinoyat kodeksidan 2ta modda chiqarib tashlanadi

Jinoyat kodeksidan 2ta modda chiqarib tashlanadi
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Muhokama uchun joylashtirilgan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan 189- va 192-moddalar chiqarib tashlanishi rejalashtirilmoqda.

189-moddada savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Xususan, hozirda tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzish eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

192-moddada esa raqobatchini obro‘sizlantirish uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Xususan, raqobatchini obro‘sizlantirish, ya’ni bosma yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jinoyat kodeksidan 2ta modda chiqarib tashlanadi