Foto: Xalqaro press-klub
Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatovning fikriga koʻra, Oʻzbekiston siyosiy izolyatsiyadan toʻliq forigʻ boʻlgan. Buni dunyoning koʻplab mamlakatlari ham yaxshi bilib turibdi. Bu borada xalqaro ekspertlar ham ijobiy fikrlar bildirmoqda.
«Oʻzbekiston keyingi 3 yil davomida davlatimiz rahbarining siyosati tufayli izolyatsiyadan chiqdimi, chiqyaptimi, degan savollar juda koʻp, albatta. Shuni aytish kerakki, Oʻzbekiston izolyatsiyadan mutlaqo chiqib boʻldi. Hech qanday xavotir yoʻq.
Jahon ekspertlari shuni aytyaptiki, Oʻzbekiston prezidentining ochiq, doʻstona va konstruktiv siyosati tufayli bugungi kunda Markaziy Osiyoda mutlaqo sogʻlom siyosiy iqlim, doʻstona vaziyat paydo boʻldi. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining bir-biri bilan har tomonlama manfaatli aloqalari uchun juda katta qulay sharoit yaratildi. AQSH, Yevropa ittifoqi, Rossiya, Qozogʻistondagi ekspertlar ham shunday baho beryapti.
Yana bir bor aytish mumkinki, Oʻzbekiston izolyatsiyadan toʻliq chiqib boʻldi va bunga hech qanday toʻsiq yoʻq. Misol keltirsak, bir yil avval Samarqandda inson huquqlari boʻyicha juda katta Osiyo forumi boʻldi. Unda koʻplab inson huquqlari bilan shugʻullanadigan xalqaro tashkilotlar vakillari yurtimizda ochiqlik siyosati davom etayotganini taʼkidlashdi.
Davlatimiz rahbarining gaplari bilan aytadigan boʻlsak, biz yangi davlat quryapmiz. 25 yil davomida yigʻilgan juda katta muammolarning hammasini 3 yil mobaynida hal etish oson ish emas. Oldimizga qoʻygan marralarga paydar-pay erishamiz. Boshlangan islohotlar toʻxtatilmaydigan jarayonga aylandi», — dedi Ilhom Neʼmatov.
Tashqi ishlar vazirligi rasmiysining Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida aytishicha, keyingi 3 yil davomida Oʻzbekiston prezidenti darajasida 61 ta tashrif amalga oshirilgan. Bu avvalgilarga solishtirganda, 5-6 baravar koʻp.
Shundan 37 tasi Oʻzbekiston rahbarining chet ellarga tashrifi boʻlsa, 24 tasi boshqa xorij davlatlari prezidentlarining Oʻzbekistonga tashrifidan iborat. Bu tashriflar doirasida 120 dan ortiq oliy darajadagi muzokaralar oʻtkazildi.
Tashqi siyosat, iqtisod, xavfsizlik, investitsiya va gumanitar masalalarga oid 500 dan ziyod oʻta muhim ikki va koʻp tomonlama bitimlar imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda