7-dekabr kuni “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish boʻlib oʻtgani haqida xabar bergandik.
Xushnudbek.uz kanalining yozishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida soʻnggi uch yilda erishilgan yutuqlardan biri sifatida mamlakatda soʻz erkinligi va ochiqlik siyosati yoʻlga qoʻyilganini alohida eʼtirof etdi.
“Katta rahmat, ommaviy axborot vositalari va blogerlarga. Koʻp-koʻp narsalar Oʻzbekistonda ochiq aytilyapti, hamma buni koʻrib turibdi. Lekin bitta narsani bilinglar, bu ochiqlik hech qachon orqaga qaytmaydi! Qancha koʻp ochiqlik boʻlsa, ommaviy axborot vositalari odamlarimizga haqiqiy muammolarni qancha koʻp yetkazsa, men rahbar sifatida ulardan minnatdor boʻlaman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, prezident Oʻzbekistonda hech kim OAVning qonuniy faoliyatiga tazyiq oʻtkazmasligini qatʼiy taʼkidlagan.
“Tanqid albatta kerak. Mana tanqid boʻlyapti, xulosa ham boʻlyapti. Lekin biz hammamiz izlanishdamiz, oʻrganishdamiz. Yangi Oʻzbekiston quryapmiz, bir-birimizga tayanib, xalqimizni rozi qilishimiz kerak. Yana bir marta takrorlayman, hamma bilishi kerak: Oʻzbekistonda jamoatchilik nazorati va ommaviy axborot vositalari vakillarining qonuniy haq-huquqlariga hech qanday shaklda tazyiq oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi”, deya qayd etdi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi