Foto: The Economist
O‘zbekiston Britaniyaning The Economist jurnali versiyasiga ko‘ra «Yil davlati»ga aylandi. O‘tgan yili ushbu nom Armanistonga nasib etgandi, deb xabar beradi Daryo.
Nashrning ta’kidlashicha, joriy yilda tanlovni amalga oshirish juda qiyin kechgan bo‘lib, mamlakatda yil davomida erishilgan demokratik yutuqlar uning kelajakda taraqqiyot yo‘lidan qaytmasligini kafolatlamaydi.
Bundan tashqari, 2019 yilda eng yorqin siyosiy tendensiyalar salbiy bo‘ldi: jangari millatchilik.
«Dunyo miqyosidagi to‘lqin shu qadar kuchli bo‘ldiki, shunga qaramay, ba’zi mamlakatlar boshqacha yo‘l tutganini ko‘rish yoqimli bo‘ldi», — deya jurnal misol sifatida Yangi Zelandiyani keltiradi.
Tahririyat Shimoliy Makedoniya va Sudan kabi bir qator mamlakatlarning taraqqiyotini alohida qayd etib o‘tgan. Birinchisi joriy yilda o‘z nomini o‘zgartirdi, buning natijasida Gretsiya bilan munosabatlar ancha iliqlashdi va ikkinchisi dunyodagi eng qabih zolimlardan biri hisoblanuvchi Umar al-Bashirning islomiy rejimidan xalos bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.
Shunday qilib, O‘zbekiston g‘olib deya topildi. Maqolada ta’kidlanishicha, bundan uch yil oldin erkaklar, ayollar va bolalardan iborat «qo‘shinlar» paxta dalalariga majburiy mehnatga jalb etilgan, mamlakatning o‘zi esa «qattiqqo‘l va kompetensiyaga ega bo‘lmagan yopiq jamiyat» bo‘lgan.
2018 yili Davlat xavfsizligi xizmatining rahbari iste’foga chiqarilishi bilan mamlakatda bir qator islohotlar amalga oshirilgani ham qayd etilgan.
«Hukumat sezilarli darajada majburiy mehnatni bas qildi. Mudhish nomi bilan tanilgan qamoqxona yopildi. Xorijlik jurnalistlar mamlakatga kiritilmoqda. Amaldorlarga o‘z biznesini rivojlantirish taqiqlandi. Davlat iqtisodiyotini qurish uchun xorijlik texnokratlar taklif etilmoqda», — deyiladi maqolada. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi