O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Tokiodagi Akasaka qarorgohida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaokani qabul qildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va ustuvor dasturlarni ilgari surishga qaratilgan ko‘p yillik hamkorlik uchun JICA rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Bugungi kunda sheriklikdagi loyihalar qiymati 4 milliard dollardan ortiqni tashkil etmoqda. Uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ziyod bo‘lgan, jumladan, energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ekologiya, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga olgan yangi dastur o‘zaro kelishib olindi.
Kichik va o‘rta biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ta’lim sohasidagi almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va JICA hamkorligidagi har bir loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida "yo‘l xaritasi" ishlab chiqishga kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi