
Facebook’ning 267 mlndan ko‘proq foydalanuvchisining shaxsiy ma’lumotlari internetda erkin foydalanishga tushdi. Bu haqda Britaniyaning Comparitech tadqiqot kompaniyasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, foydalanuvchilarning ismlari, telefon raqamlari va boshqa ma’lumotlaridan iborat bazaga istalgan kishi parolsiz va ro‘yxatdan o‘tmagan holda ega bo‘la olgan.
Tahlilchilarning fikricha. xakerlar bu ma’lumotlardan spam jo‘natish va fishing hujumlarini amalga oshirishda foydalanmoqchi bo‘lishgan. Ko‘p hollarda amerikalik foydalanuvchilar ma’lumotlari o‘g‘irlangan.
Comparitech’da aniqlanishicha, baza vetnamlik xakerlar tomonidan shakllantirilgan. U internetga 4 dekabrda yuklangan. 14 dekabrda uni kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis aniqlab, bu haqda Facebook’ga xabar qilgan. Ayni vaqtda bazaga kirish yopilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar