3 315
«Bizga Navoiy yoki Boburni o‘qitishmagan» – Shavkat Mirziyoyev milliy tarix haqida gapirdi
Oliy Majlis Senatining yangi tarkibdagi ilk majlisida so‘zga chiqqan prezident Shavkat Mirziyoyev milliy tarixni anglashning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Yaqinda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz haqida gapirdim. Bobur 12 ming askar bilan 100 ming askarni yenggan. O‘sha paytda shunday qilish mumkinmidi? Yo‘q. Bobomizga nima yordam berdi? Vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, aql-zakovat.
Men Boburni bugun ko‘p gapiryapman. Quyi palata yig‘ilishida ham gapirdim. Umuman, shu kunlarda men tariximizni ko‘p o‘qishga harakat qilyapman.
Ming afsuski, bizga sovet davrida Pushkin, Lermontovning bobolari xoki qayerda to‘kilganini o‘qitgan xolos. Alisher Navoiy yoki Boburlarni o‘qitmagan. Rus tilida o‘qigan odamlar Pushkin, Lermontovni o‘qigan. Biz hech kimga Boburni o‘qitmaganmiz. Uning ekologiya haqida yozganlarini o‘qisangiz, hozirgi davrda yashaydi, deb o‘ylaysiz.
Yoki, shuncha yil harbiy maktablarimiz Suvorov nomida bo‘lgan. Birorta odam aytmaganki, mustaqil bo‘lganimizga necha yil bo‘ldi, nega maktab nomi Suvorov bo‘lishi kerak, deb. Biz Suvorov maktablarini Temurbeklar maktabiga o‘zgartirdik», – dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi