Butunjahon sayyohlik tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston turizm sohasi eng jadal sur’atlarda rivojlanayotgan top-20 mamlakat ro‘yxatidan o‘rin olgan.
Mamlakat turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan. Independent nashri shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Ushbu ro‘yxatda shuningdek Ozarboyjon hamda Qozog‘iston mamlakatlari ham keltirilgan bo‘lib, ular o‘z o‘rnida 17- va 20-o‘rinlarni egallagan.
Quyida turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar ro‘yxatini ko‘rish mumkin:
1. Myanma (40,2 foiz)
2. Puerto-Riko (31,2 foiz)
3. Eron (27,9 foiz)
4. O‘zbekiston (27,3 foiz)
5. Chernogoriya (21,4 foiz)
6. Misr (21,1 foiz)
7. Vetnam (16,2 foiz)
8. Filippin (15,1 foiz)
9. Maldiv orollari (14,9 foiz)
10. Bagama orollari (14,6 foiz)
11. Qatar (14,5 foiz)
12. Armaniston (14,4 foiz)
12. Janubiy Koreya (14,4 foiz)
13. Turkiya (14,0 foiz)
14. Bosniya va Gersegovina (13,7 foiz)
15. Tunis (13,6 foiz)
16. Laos (11,5 foiz)
17. Ozarboyjon (11,4 foiz)
18. Isroil (10,5 foiz)
19. Litva (10,1 foiz)
20. Qozog‘iston (10,0 foiz).
UNWTO statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda dunyo bo‘ylab xorijiy safarlar 1,5 milliardga yetgan hamda bu ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan to‘rt foiz yuqori natijani qayd etgan. Fransiya 90 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurgan mamlakat sifatida eng yuqori natijani ko‘rsatgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?