date
views 5 697

Farzandlarining Prezident maktablarida tahsil olishini istayotgan aziz yurtdoshlar!

Farzandlarining Prezident maktablarida tahsil olishini istayotgan aziz yurtdoshlar!

Hurmatli ota-onalar, buva-buvijonlar!
Farzandlarining Prezident maktablarida tahsil olishini istayotgan aziz yurtdoshlar!

Turli ijtimoiy tarmoqlarda ayrim o‘quv markazlarining “Prezident maktablariga kirish imtihonlarga tayyorlaymiz” deb e’lon berishlari va buning evaziga to‘lovlarni so‘rashlariga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.

ESLATIB O‘TAMIZ: Agentlikning hamda bugungi kunda 4 hududda faoliyat yuritayotgan va 5 hududda ochilishi kutilayotgan Prezident maktablari, 3 ta ixtisoslashtirilgan maktab, shuningdek, mavjud 9 ta va ochilishi kutilayotgan 2 ta ijod maktablarining bu kabi O‘QUV MARKAZLARIGA HЕCh BIR ALOQASI YO‘Q, ULAR BILAN HAMKORLIK HAM OLIB BORMAYDI.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Prezident maktablariga o‘quvchilarni tayyorlash bo‘yicha PRESIDENT SCHOOLS (BLOG) tomonidan “23 fevral kuni Respublika bo‘ylab Prezident maktablari imtihoniga tayyorgarlik repetitsion testlar bo‘lib o‘tadi” deb nomlangan e’loniga quyidagicha izoh bildiradi:

PRESIDENT SCHOOLS (BLOG), Next Step Up School kompaniyasi yoki “Prezident maktablari uchun tayyorlov kurslari” deb e’lon berayotgan boshqa o‘quv kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q. Shuningdek, e’londa ko‘rsatilgan yangi o‘quv yili uchun hujjat qabul qilish sanalari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Farzandlarining Prezident maktablarida tahsil olishini istayotgan aziz yurtdoshlar!