16:53 / 14.03.2020
4 172

Prezident qurilish sohasiga oid farmon imzoladi

Prezident qurilish sohasiga oid farmon imzoladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
«O‘zbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni (PF–5963, 13.03.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston hududida 2028 yil 31 dekabrga qadar shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatidan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda tegishli 7 ta xorijiy normativ hujjatning qo‘llanishiga ruxsat etiladi.

2020 yil 1 iyuldan soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllanadigan loyiha-qidiruv tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi.

Shuningdek, 2020 yil 1 sentabrdan qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi.
Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan:
- qurilish sohasidagi davlat xaridlari doirasida xarid tartib-taomillari elektron shaklda onlayn rejimida amalga oshiriladi;
- qurilish sohasida o‘tkaziladigan davlat xaridlarida elektron reytinglarga kiritilgan va tegishli mezonlar bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi;
- davlat xaridlarida ishtirok etish uchun ruxsat berishda mazkur loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarning dastlabki malakaviy baholashdan o‘tishi, tanlov (tender) hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini taqdim etishi talab etilmaydi;
- davlat buyurtmachilari va davlat xarid sub’ektlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’ektlarning loyiha hujjatlari energiya samaradorligi bo‘yicha majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi;
- qurilish sohasidagi davlat xaridlarida g‘olib bo‘lgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari ishlar (xizmatlar) narxining kamida 30 foizini o‘z kuchi bilan bajarishi talab etiladi.

Farmonga muvofiq, Toshkent shahrida xususiy tadbirkorlarni buyurtmachi funksiyasini bajarishga jalb qilish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi. Unga ko‘ra:
- Toshkent shahrida 2021-2022 yillarda loyihalashtirilishi va qurilishi rejalashtirilgan 10 ta qurilish ob’ekti tanlab olinadi;
- eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijalariga ko‘ra xususiy tadbirkorlar bilan injiniring xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar imzolanadi.

Eksperiment tanlab olingan ob’ektlarning qurilish-montaj ishlari yakunlanib, ular foydalanishga topshirilguniga qadar amalga oshiriladi.
Shuningdek, Farmon bilan Qurilish vazirligi qoshida davlat muassasasi shaklida Qurilishda texnik me’yorlash markazi tashkil etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident qurilish sohasiga oid farmon imzoladi