
Bugun Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan koronavirusga qarshi kurash chora-tadbirlari xususida brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xabar.uz nashri ma’lum qildi.
«Koronavirusdan vahimaga tushishga hech qanday sabab yo‘q. Davlatimiz unga qarshi turish uchun kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirgan. Barcha zaxiralar yaratilgan va tibbiyot xodimlari shay holatda. Pandemiyaga qarshi kurash tajribasi xorijning ilg‘or davlatlaridan o‘rganilmoqda.
Fuqarolarimiz lozim bo‘lgan barcha oziq-ovqat va tibbiyot vositalari bilan ta’minlanadi. Xalqimizning boshiga tushgan sinovdan foydalanib, narxni sun’iy oshirib oladigan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar uchrasa, ular hatto jinoiy javobgarlikka qadar tortiladi», — deb aytib o‘tdi Abdulla Aripov.
Shuningdek Abdulla Aripov tomonidan ma’lum qilinishicha, ertaga Eronga gigiyenik vositalardan iborat gumanitar yordam yuboriladi. Shu bilan birga Eronda qolib ketgan 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelinadi va karantinga joylanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar