
Toshkent shahar IIBB xodimlari 20 martga o‘tar kechasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan bir qator tadbirlarni o‘tkazdi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.
«Spa-salonlar, tungi klublar, diskotekalarda o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar davomida ushbu muassasalarning rahbarlariga faoliyatni vaqtincha to‘xtatib turish maqsadga muvofiq tushuntirib berildi», — deyiladi IIBB axborotida.
Qo‘shimcha qilishlaricha, ushbu tadbirlar davomida fohishalik bilan shug‘ullanishda gumon qilingan 13 nafar qiz aniqlangan.
«E’tiborli tomoni, ularning bir necha nafari muqaddam Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (fohishalik bilan shug‘ullanish) bo‘yicha javobgarlikka tortilgan», — deya ta’kidlanadi rasmiy axborotda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi 19 mart kuni mamlakatda massaj salonlari, diskotekalar, diskobarlar, bolalar o‘yin zallari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan edi.
Ushbu yangilik yuzasidan bayonot berarkan, Davlat soliq qo‘mitasi «tadbirkorlik sub’ektlaridan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga xayrixoh bo‘lishni» so‘ragan, aholiga «karantin davrida bunday muassasalarga tashrif buyurmaslikni» tavsiya qilgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 20 mart soat 20:00 holati bo‘yicha 33 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar