20:21 / 23.03.2020
4 129

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 23 mart, dushanba kuni, ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, havo harorati 20-25 daraja atrofida bo‘lib, bu me’yordan 3-4 darajaga yuqoridir.

«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, 24 mart, seshanba kuni, Kaspiy dengizining janubiy tumanlaridan nam havo oqimi kiradi. Respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ib, harorat 15-20 darajagacha pasayadi va shu kun me’yoriga yaqinlashadi. Faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

25 mart, chorshanba kuni, salqin havo oqimining kirishi kutilmoqda, mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi, shuningdek, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq bo‘ladi, kunduzgi harorat 10-15 darajagacha pasayadi.

26 martdan 28 martgacha mamlakat hududi yuqori bosimli maydon ta’sirida bo‘ladi. Kechasi harorat 3-8 daraja iliq atrofida bo’ladi 26 mart kuni kunduzi harorat salqin, 10—15 daraja iliq, 27—28 mart kunlari esa harorat 15-20 darajagacha ko’tariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi