16:23 / 10.04.2020
4 012

O‘zbekistonda hafta oxirida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekistonda hafta oxirida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Mamlakatimizda bahor nafaqat yilning go‘zal fasli, balki turli ob-havo hodisalariga boy davridir. Kecha ertalab daraxtlar aprelda juda kam kuzatiladigan qor bilan qoplangan bo‘lsa, bugun qordan asar ham qolmadi. Kecha mamlakatimiz hududi ustidagi antisiklon quyosh nurlariga havoni isitish imkonini bermagan bo‘lsa, bugun termometr ustunchasi yuqoriga tez ko‘tarilib, soat 10 da kechagi harorat maksimumidan ham o‘tib ketdi. Bugun harorat 13-18 darajagacha ilidi va butun respublikamizda ob-havo kam bulutli va quruq bo‘lmoqda.

Shanba kuni respublikamizga Eron hududidan nam, lekin iliq havo kirishni boshlaydi. Ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 5-8, kunduzi 17-22 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Yakshanba kuni respublikamizning katta qismida yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli mavjud. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi, Farg‘ona vodiysida esa yog‘ingarchilik bo‘lmasligi kutilmoqda. Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, shiddat bilan esganda 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.

Keyingi haftaning boshida O‘zbekistonda nobarqaror, ayrim joylarda shamolli ob-havo saqlanib turishi kutilyapti. Qoraqalpog‘iston va Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan tashqari boshqa hududlarda yomg‘ir, ba’zi joyda jala yog‘adi. Kunduzgi harorat 3-5 darajaga pasayishi mumkin.

12-14 aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta oxirida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti