date
views 3 980

14 aprel kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14 aprel kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘ hududlarida (1800 m.dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 14 aprel kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti