08:03 / 15.04.2020
2 039

Merit Foss: O‘zbekiston COVID-19 tarqalgan mamlakatlarga ko‘mak berish orqali hamjihatlik ruhini qo‘llab-quvvatlamoqda

Merit Foss: O‘zbekiston COVID-19 tarqalgan mamlakatlarga ko‘mak berish orqali hamjihatlik ruhini qo‘llab-quvvatlamoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida bildirgan tashabbuslari xorijiy jamoatchilik vakillari diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Jumladan, Shveysariyadagi “Diva International” jurnali bosh muharriri Merit Foss davlatimiz rahbarining mazkur sammitda koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslarini qo‘yidagicha baholadi.

– O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan choralardan xabardormiz, – deydi, Merit Foss. –Va aytishim mumkinki, mamlakat pandemiya bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda ilg‘or harakat qilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston COVID-19 ta’siriga tushgan mamlakatlarga insonparvarlik yordamini yuborish orqali hamkorlik va hamjihatlik ruhini qo‘llab-quvvatlayotgani quvonarlidir.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida bildirgan tashabbuslari, xususan, uning tashkilot doirasida yuzaga kelgan vaziyatga birgalikda javob berish bo‘yicha taklif qilgan chora-tadbirlari o‘z vaqtida qabul qilindi.

Davlatingiz rahbarining O‘zbekiston tomonidan koronavirus va uning salbiy oqibatlari bilan kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida bergan ma’lumotlari hozirgi murakkab vaziyatda muammolarni hal etishga kompleks yondashuvni namoyish etdi. Nogironligi bor odamlarga, kam ta’minlangan va aholining himoyaga muhtoj qatlamlariga tezkor ravishda bepul beriladigan manzilli yordam tizimi alohida e’tibor hamda yuqori bahoga loyiqdir.

Sammitda Prezident Shavkat Mirziyoyev birgalikdagi intilishlar orqali ko‘p narsalarga qodir ekanimizni ta’kidladi. Ushbu so‘zlarni to‘la qo‘llab-quvvatlab, barcha o‘zbekistonlik do‘stlarimni davlat rahbarining tavsiyalariga rioya qilishga, birdamlikni saqlashga, hamkorlikda harakat qilishga chaqirmoqchiman. Men chin yurakdan barchangizga sihat-salomatlik va farovonlik tilayman.

Manba: “Dunyo“ AA.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Merit Foss: O‘zbekiston COVID-19 tarqalgan mamlakatlarga ko‘mak berish orqali hamjihatlik ruhini qo‘llab-quvvatlamoqda