O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi vaqtida Davlat budjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Qarorda ayitilishiga ko‘ra, pandemiya tufayli 2020 yilning 2 choragida O‘zbekistonda ham iqtisodiyot pasayishi kutilmoqda. Bu o‘z o‘z navbatida Davlab budjeti barqarorligiga hamda ijtimoiy to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishiga xavf tug‘dirmoqda. Ushbu munosabat bilan, prezident quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
Kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar
- koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish;
- muhim ijtimoiy xarajatlarning to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash;
- jahondagi va respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy faollik ahvoli tahlili va muhimlik darajasidan kelib chiqqan holda dolzarb hisoblanmagan loyiha va xarajatlarni keyingi davrlarga ko‘chirish;
- davlat dasturlarini bajarishga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘larini qisqartirishda loyihalarning ustuvorligi va ijtimoiy yo‘naltirilganligini inobatga olish;
- davlat ichki va tashqi majburiyatlarining, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha majburiyatlarning to‘liq bajarilishini ta’minlash;
- budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlarni mustaqil kamaytirish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish.
Mahalliy budjetlar tushumlari muvofiqlashtiriladi
Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimiyati organlari tegishli darajadagi budjet tushumlarini, shuningdek, respublika budjetidan ajratilayotgan transfertlarni, aksiz solig‘i bo‘yicha o‘tkazmalarni, budjet ssudalarini hamda boshqa mablag‘larni birinchi navbatda quyidagilarni moliyalashtirishga yo‘naltirsin:
- koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarga, jumladan, dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib olish, tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularni jihozlashga;
- ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lashga;
- oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish, kommunal to‘lovlar va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni qoplashga;
- Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qaroriga asosan boshqa tadbirlar va xarajatlarga.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga budjet ssudalarini muntazam ravishda ajratib borsin.
Tibbiyot xodimlari qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 3 kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarida ishtirok etayotgan tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari xodimlari, shu jumladan, yordamchi xodimlar hamda mazkur tadbirlarga jalb qilinayotgan boshqa tashkilot xodimlariga 2020 yilning 16 martidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qo‘shimcha ustamalar to‘lash bo‘yicha taklif kiritsin;
5 kun muddatda tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari uchun qo‘shimcha ravishda binolar qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hamda jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Byudet xarajatlari qisqartirish yo‘llari
2020 yil II choragida rejalashtirilgan ayrim xarajatlarni 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkaziladi;
Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, vazirliklar va idoralarning soliqlar, majburiy yig‘imlar, bojlar, jarimalar hisobidan jamlanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlarini (xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va qonunchilikda belgilangan moddiy rag‘batlantirish xarajatlari bundan mustasno) qisqartirish va iqtisod qilingan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga yo‘naltirish vakolati beriladi;
Vazirlik, idoralar va ularning hududiy bo‘linmalari joriy yil 1 avgustiga qadar budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish, qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni to‘xtatsin, moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno;
Davlat korxonalar xarajatlari qisqartiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
- davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar xarajatlarini maqbullashtirish yuzasidan ularning biznes-rejalarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin;
- tasdiqlangan investitsiya dasturlari parametrlarining kuzatuv kengashlari tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi va o‘zgartirilishini ta’minlasin hamda ularning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib borsin;
- ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarda 2019 yil uchun olingan va 2020 yilda olinadigan sof foyda bo‘yicha davlat ulushiga hisoblangan dividendlarni to‘lig‘icha Davlat budjetiga o‘tkazish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyat yurituvchi ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushum yoki foydani taqsimlashning alohida rejimini belgilash huquqi berilsin.
Undan tashqari
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Vazirlar Mahkamasi joriy yil 1 iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, sud va prokuratura organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, barcha vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy organlari, ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va jamg‘armalar uchun yagona mehnatga haq to‘lash tizimini tatbiq etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan va qurilish-montaj ishlari boshlanmagan investitsiya loyihalarini tanqidiy ko‘rib chiqib, ayrim loyihalarni kechiktirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilsin;
Prezident qarorining to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»