Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Qonun bilan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti, shaxsni ushlash, himoyachidan voz kechish, shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va boshqa jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish shartligi belgilanmoqda.
Himoyachidan voz kechish jarayoni majburiy tartibda videoyozuv orqali qayd etilishi nazarda tutilmoqda.
Videoyozuv materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Shu bilan birga, himoyachining himoya ostidagi shaxs bilan xoli uchrashishining videoyozuv orqali qayd etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.
Qonunning qabul qilinishi jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarining huquq va erkinliklarining himoya qilishini mustahkamlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi