Sirdaryo viloyatida Sardoba suv ombori devorining yorilishi natijasida yuz bergan falokat oqibatida 6 kishi — 2 nafar ayol, 4 nafar erkak halok bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan.
Avvalroq falokat oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani va bir kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, suv toshqini haqida aholini ogohlantirish va evakuatsiya qilish chog‘ida Milliy gvardiyaning uch nafar xodimini kuchli oqim olib ketgan. Ulardan biri tirik holda topilgani, biri vafot etgan va yana bir nafari bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi.
Favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan,
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 may kuni sardobaliklar bilan uchrashuvda suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan uylar davlat tomonidan bepul ta’mirlab berilishini, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qolishini ma’lum qilgan edi.
Bundan tashqari, shu kuni suv toshqinidan jabr ko‘rgan 4,5 mingdan ortiq xonadon egalariga 40 million so‘mlik moddiy yordam sertifikati, maishiy texnika to‘plami uchun sertifikat va ichida pul mablag‘i bo‘lgan bank kartochkalari tarqatilishi ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»