3 843
Avtomat uzatmali «VAZ-2103» yangi Lada Vesta Sport’dan ham qimmatroqqa sotuvga qo‘yildi
«Auto.ru» saytida Niderlandiya bozori uchun avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladigan qilib 250 nusxada yaratilgan noyob «VAZ-2103» sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi Motor.
1981 yilda ishlab chiqarilgan sedan hozirga qadar 10 ming kilometr masofa bosgan bo‘lib, uning egasi mashina uchun 1,2 million rubl (16,8 ming dollar) so‘ramoqda — bu yangi Lada Vesta Sport modelidan 100 ming rublga qimmatroq.
Sotuvga qo‘yilgan nusxa to‘liq restavratsiyaga uchrab, o‘zining dastlabki holatiga qaytarilgan. Sedanga Weber korbyutarorli 64 ot kuchiga ega 1,5 litrli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, u General Motors avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Bu kabi modifikatsiyani ishlab chiqarish ustida Voljsk avtozavodining Niderlandiyadagi distribyutori 1977 yildan 1983 yilgacha ish olib borgan.
Saloni ko‘k charm bilan qoplangan «VAZ-2103» Novosibirskda yashovchi fuqaro tomonidan sotuvga qo‘yilgan, biroq u mashinani istalgan shaharga yetkazib berish borasida yordam ko‘rsatishga tayyor.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»