1 809
O‘zbekiston Ashraf G‘ani va Abdulloh Abdulloh o‘rtasidagi kelishuvni qo‘llashini bildirdi
17 may kuni Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani va uning bosh siyosiy raqibi, sobiq bosh vazir doktor Abdulloh Abdulloh o‘rtasida siyosiy kelishuv imzolangandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi mazkur siyosiy voqea yuzasidan bayonot e’lon qildi.
«O‘zbekiston Afg‘onistonning siyosiy yetakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilganini qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda, afg‘onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda hamda tinch va farovon Afg‘onistonni barpo etish uchun har jihatdan yordam berishda davom etadi» deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar Ashraf G‘ani va Abdulloh Abdulloh o‘rtasida prezidentlik uchun keskin kurash borayotgan, mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik vujudga kelgandi. Ular ikkalalari ham o‘zlarini Afg‘oniston prezidenti deb e’lon qilgandilar.
Ushbu kelishuv muammoni hal etishiga umid qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»