11:52 / 19.05.2020
3 396

Navoiyda yo‘lda uxlab yotgan piyodani avtomobil bosib ketdi

Navoiyda yo‘lda uxlab yotgan piyodani avtomobil bosib ketdi
YTH yuzasidan Xatirchi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 17 may kuni soat 04:00larda, Navoiy viloyati, Xatirchi tumani hududidan o‘tgan 4R-48 “Zarafshon-Xatirchi” avtomobil yo‘lining 151-km.da yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati ma’lum qilishicha, haydovchi, 1985 y.t. F.B. (erkak) “Neksiya” rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo‘lning qatnov qismida mast holda uxlab yotgan piyoda, 1964 y.t. U.O.ni ustidan bosib o‘tib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda 56 yoshli U.O. (erkak) voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Piyodalardan mast holda serqatnov avtomobil yo‘llarida harakatlanmasliklarini, o‘zlari va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Navoiyda yo‘lda uxlab yotgan piyodani avtomobil bosib ketdi