DXX organlari tomonidan giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish, uning mamlakatimiz hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Tojikiston Respublikasidan katta miqdordagi giyohvandlik moddasi kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilib, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining “Sarijar” mahallasi hududiga yashirib qo‘yilganligi to‘g‘risida olingan ma’lumot asosida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi va voqea joyidan 61 kg 838 gr. “gashish” giyohvandlik moddasi protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi. Hozirda mazkur giyohvand moddaning kimga tegishli ekanligini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
DXX Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Abduhalil Sabaydullayev boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina Namangan shahrida to‘xtatilib, tekshirildi.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasidan 1,5 kg “gashish” giyohvandlik moddasi topildi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, Qirg‘iziston Respublikasida yashovchi “Akrom” ismli shaxs ushbu giyohvand moddani aylanma yo‘llar orqali Yangiqo‘rg‘on tumaniga olib o‘tib, uni Abduhalil Sabaydullayevga yetkazish uchun mazkur tumanning “Oqtom” mahallasida yashovchi, 1972 y.t. Bahodir Komilovga topshiradi. O‘z navbatida Bahodir Komilov og‘uni viloyat markazida kutib turgan Abduhalil Sabaydullayevga yetkazib beradi.
Tezkor tadbir davomida Bahodir Komilov ham voqea joyida ushlandi.
Ta’kidlash lozimki, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1964 y.t. Sabaydullayev Abduhalil Abduqodirovich muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun 2016 yil jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudining hukmiga asosan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, 2018 yildan esa axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tab kelayotgan bo‘lgan.
Shuningdek, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1991 y.t. Ulug‘bek Sultonov mamlakatimizning Qirg‘iziston bilan chegaraoldi hududi hisoblangan “Yog‘du” mahallasida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan to‘xtatilib, tekshirilganda, uning yonidan 278 gr. “gashish” giyohvandlik moddasi hamda 1000 AQSH dollari topildi. Aniqlanishicha, Sultonov mazkur giyohvandlik moddasini qirg‘izistonlik “Baxt” ismli shaxsdan olib, kontrabanda yo‘li bilan respublikamiz hududiga olib kirgan.
DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Surxondaryo viloyatining Denov shahrida yashovchi 1987 y.t. Akmal O‘runov boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina G‘uzor tumanidagi YPX maskanida to‘xtatildi. Tekshiruv jarayonida avtomobilning motor qismiga yashirib qo‘yilgan 506 gr. “gashish” hamda 236 gr. “opiy” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Aniqlanishicha, O‘runov ushbu giyohvand moddalarni Tojikiston Respublikasida yashovchi «Xurshid» ismli shaxsdan 4500 AQSH dollariga sotib olib, kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimizga o‘tkazgan va uni kelgusida sotish maqsadida Qarshi shahriga olib ketayotgan bo‘lgan.
Bundan tashqari, Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi fuqarolar 1991 y.t. Abduhamid Iminjonov, 1998 y.t. Sanjarbek Qosimov va 2002 y.t. Azamatjon O‘ljayevlar mazkur tumanning “Uyg‘ur” qishlog‘i hududidan o‘tuvchi O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi sim to‘siqlari ustidan qirg‘izistonlik shaxslar tomonidan uloqtirilgan 479 gr. “gashish” giyohvandlik moddasini qabul qilib olishgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 64 kg 600 gr. “gashish” va 236 gr. “opiy” giyohvand moddalari musodara qilindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»