Yaxshi bilamizki, mamlakatimizda sud va boshqa organlar qarorlarini ijrosini ta’minlash hamda energiya resurslari sohasidagi to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish maqsadida, bundan 3 yil muqadam Muhtaram Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbuslari bilan Majburiy ijro byurosi faoliyatiga asos bo‘lgan Farmon qabul qilindi.
E’tiborli jihati, Majburiy ijro byurosi tashkil etishi bilanoq, faoliyatimiz jonajon va bag‘rikeng xalqimiz, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari e’tiborida bo‘ldi.
Oz fursat ichida orttirilgan boy tajriba, amaliyot, mas’uliyat va sadoqat aytishim mumkinki, yuklatilgan vazifalarning to‘laqonli bajarilishi hamda ishonch bilan yondashimizda muhim omil bo‘lib kelmoqda.
Shu sabab - qisqa vaqt ichida sud va boshqa organlar qarorlari ijrosini ta’minlash, energiya resurslari bo‘yicha qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi.
Byuro organlari tashkil etilganidan buyon hozirga qadar energiya resurslari, suv iste’moli va qattiq maishiy chiqindilar sohasida 90,4 trln. so‘m undirildi.
Huddi shunday, sud va boshqa organlar qarorlarini so‘zsiz ijrosini ta’minlash borasida 45,7 trln. so‘mlik 7,7 mln. ta ijro hujjatining ijrosi ta’minlandi.
Byuro organlari har qanday huquqbuzarlikning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lmoqda, energiya resurslari va boshqa sohalarda qonunbuzilishi bilan bog‘liq 1,2 trln. so‘mlik zarar aniqlanib, 1044 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Oilalar butligini tiklash hamda voyaga yetmaganlarning huquq-manfaatalrini himoya qilish bo‘yicha olib borilgan profilaktika va tushuntirish ishlari natijasida 14 mingdan ziyod oilalarni yarashtirildi.
Aytishimiz kerakki, hozirga qadar 12 mingga yaqin ehtiyojmand fuqarolarga jami 2,5 mlrd. so‘mdan ortiq kommunal xizmat uchun qarzdorliklarini bartaraf etish va boshqa amaliy yordamlar ko‘rsatish bilan bog‘liq sahovat tadbirlari tashkil etildi.
Majburiy ijro byurosi - shiddat bilan o‘tayotgan davrda jonajon hamda bag‘rikeng, matonatli xalqimizga - to‘lov intizomini mustahkamlash orqali eng avvalo, ijtimoiy himoyasi hamda barqaror iqtisodiyot va ichki infratuzilmani ko‘tarishga o‘z hissasimizni qo‘shishimizni maqsad qilishgan.
Bugun, 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tashkil topganiga 3 yil to‘lishi munosabati bilan soha xodimlarini samimiy qutlaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»