Kegeylida yana bitta noqonuniy qurilma buzdirildi

Kegeylida yana bitta noqonuniy qurilma buzdirildi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sudlarning noqonuniy qurilmalarni buzish to‘g‘risidagi qarorlarining ijrosi jadallashtirilmoqda.

Masalan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining 2024-yil 04-iyul kungi qaroriga asosan, Kegeyli tumani, “Juzimbag‘” QFY hududiga o‘zboshimchalik bilan qurilgan, 10m x 8m o‘lchamdagi umumiy maydoni 80 kv.m bo‘lgan turar joy qurilishi uchun mo‘ljallangan poydevorni (fundament) majburiy buzdirish va yer maydonini yaroqli holatga keltirish belgilangan.

Ushbu qaror bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjat Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Jumladan, javobgar X.T. ga o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmani ixtiyoriy ravishda buzish uchun 15 kunlik muddat berilgan.

Berilgan muddat ichida sud qarori talabi bajarilmaganligi sababli, noqonuniy qurilma joriy yilning 2 iyul kuni maxsus texnika vositalari yordamida majburiy buzdirib tashlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar