O‘zbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlar reytingida 6-o‘rinda qayd etildi

O‘zbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlar reytingida 6-o‘rinda qayd etildi
Numbeo portali yashash uchun eng qimmat va eng arzon mamlakatlarning 2020 yilgi reytingini e’lon qildi.
Ushbu reytingga dunyoning 135 ta mamlakati kiritilgan bo‘lib, u uy-joy ijara puli, yashash indeksi qiymati va aholining xaridorlik qobiliyati kabi ko‘rsatkichlar asosida tuzilgan.

O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda 130-o‘rinni egalladi. Reytingdan, shuningdek, Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar ham o‘rin olgan. Jumladan, Qozog‘iston 116-o‘rinni, Qirg‘iziston 133-o‘rinni, Afg‘oniston 132-o‘rinni, Pokiston esa 135 — eng so‘nggi o‘rinni egallagan.
O‘zbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlar reytingida 6-o‘rinda qayd etildi
Skrinshot: Numbeo
Bermud orollari 2020 yilda yashash uchun eng qimmat deb topildi. Undan keyingi pog‘onalarni Shveytsariya, Norvegiya, Islandiya va Yaponiya egalladi. Ro‘yxatning to‘liq matnini quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar