
Joriy yilning 20 iyulidan mamlakat aholisini, jumladan olis aholi punktlarini raqamli signal bilan to‘liq qamrab oluvchi va dunyoning 24 davlatida yo‘ldosh orqali ko‘rsatuvlarini namoyish etuvchi «Mahalla» telekanalida har kuni viloyat hokimlari, mahalliy hokimiyat rahbarlari ishtiroklaridagi brifinglar efirga uzatiladi.
Mazkur tadbirlarda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida hududlardagi epidemiologik vaziyat va uni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida tushuntirishlar beriladi.
Chet elda istiqomat qiluvchi vatandoshlar «Mahalla» telekanalini «Feysbuk»dagi sahifasida quyidagi havola orqali tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi: https://www.facebook.com/MAHALLA.TV/ “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar