11:45 / 25.07.2020
1 300

Prezident sudlarga oid farmonni imzoladi

Prezident sudlarga oid farmonni imzoladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
«Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar joriy etiladi:
  • sud ishlarini nazorat tartibida ko‘rish institutini tugatish, O‘zbekiston Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o‘rinbosarlarining sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqini bekor qilish;
  • jinoyat ishlarini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv tamoyiliga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibini belgilash, jinoyat ishining umumiy tartibda ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi dastlabki eshituv bosqichini kiritish.

Quyidagi tartiblarni joriy etish:
  • tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining qarorlarini viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning birinchi instansiya sudi sifatida chiqargan qarorlarini esa Oliy sudning sudlov hay’atlari tomonidan apellyatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish;
  • apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan sud qarorlarini Oliy sudning sudlov hay’atlari tomonidan kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish;
  • Oliy sud sudlov hay’atlari tomonidan kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlarini Oliy sud raisi, Bosh prokuror va ular o‘rinbosarlari protestiga ko‘ra kassatsiya tartibida takroran ko‘rib chiqish;
  • davlat ayblovchisi ayblovdan voz kechgan taqdirda reabilitatsiya asoslariga ko‘ra jinoyat ishini tugatish;
  • prokuror tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori bo‘yicha ishlarni, ushbu ishlar yuzasidan taraflar murojaati mavjud bo‘lgan holdagina, suddan chaqirib olib o‘rganish;
  • qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari sudlarda boshqa shaxslarning tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan fuqarolik va iqtisodiy ishlarning ko‘rilishida prokuror o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishini istisno etish.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)