
Aytishlaricha, Prezident farmoni bilan 2020 yil 1 sentabrdan boshlab yoshga doir pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi.
Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m;
- eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 513 350 so‘m;
- bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so‘m etib belgilandi.
Hujjat hali rasman e’lon qilinmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar