13:39 / 30.07.2020
5 611

Prezident pensiyalarni oshirish haqida farmon imzoladi

Prezident pensiyalarni oshirish haqida farmon imzoladi
Aytishlaricha, Prezident farmoni bilan 2020 yil 1 sentabrdan boshlab yoshga doir pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi.

Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m;
- eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 513 350 so‘m;
- bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so‘m etib belgilandi.
Hujjat hali rasman e’lon qilinmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident pensiyalarni oshirish haqida farmon imzoladi