21:35 / 17.08.2020
4 938

O‘zbekistonda havo harorati pasayib yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda havo harorati pasayib yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston hududining katta qismi 17—18 avgust kunlari g‘arbiy oqim ta’sirida bo‘ladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet». Mamlakatga Kaspiy dengizi ustida shakllangan kam namlik va nisbatan salqin havo kiradi.

Shu sababli respublikaning katta qismida bulutli havoning ortishi kutilmoqda. Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlari, respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida shu kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Mamlakatining ayrim joylarida shamolning tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Butun respublika bo‘yicha haroratning pasayishi kutilmoqda. 18 avgust kuni havo harorati 28-33 darajagacha, janubda 34-37 darajagacha pasayadi.

19 avgustdan atmosferadagi g‘arbiy oqimlar janubi-g‘arbiy oqimlar bilan almashadi. Respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo oqimi ko‘tariladi.

19—21 avgustda butun respublika bo‘yicha ob-havo asosan kam bulutli bo‘ladi, harorat biroz ko‘tariladi. 19 avgustda kunduzgi harorat 28-33 daraja atrofida bo‘ladi, 20—21 avgust kunlari esa 34-37 darajagacha isiydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda havo harorati pasayib yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda