So‘nggi kunlarda Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Hurriyat» mahallasida qandaydir noma’lum shaxs kechalari fuqarolar tinchini buzib, ularni qo‘rqitib yurgani, uni ushlamoqchi bo‘lishganida tomga qochib ketgani, u juda ham kuchli va chaqqon, hattoki to‘rt oyoqda yurishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.
Buning natijasida bir necha kundan beri aholi tinchi buzilgan. Hattoki ayollar va bolalar kechasi ko‘chaga chiqishga qo‘rqib qolgan. Achinarlisi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, asossiz mish-mishlar yashin tezligida butun tuman bo‘ylab tarqaldi.
Tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, ayni damda tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Surishtiruvlar natijasida shu ayon bo‘ldiki shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan bu g‘ayritabiiy mavjudot emas. Olingan izlar bu odam ekanligini ko‘rsatmoqda. U hozirgacha hech qanday jinoiy ish (o‘g‘rilik, qotillik, shikast yetkazish....) qilmagan. Shunday ekan ortiqcha vahima va qo‘rquvga hojat yo‘q», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 million 900 ming so‘mdan 89 million 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Namangan viloyatining Chust tumanidagi fermer xo‘jaligi yeridan «o‘ta shifobaxsh» suv chiqqani to‘g‘risidagi xabarlar omma o‘rtasida katta qiziqish va shov-shuvga sabab bo‘lgandi. Keyinroq viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya markazi «shifobaxsh» suv aslida iste’molga yaroqsiz ekanligini ma’lum qilgan. O‘zga sayyoraliklar bilan uchrashganini aytib, mashhur bo‘lgan Jumanazar aka ham Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidan edi.
Shuningdek, Namanganda g‘ayrioddiy portlash ovozlari ham tez-tez eshitilib turadi. 2018 yil 6 dekabr kuni Namanganda ilk bor qattiq gumburlash ovozi eshitilgandi. O‘shanda avvaliga Mingbuloq neft konida portlash yuz bergani ma’lum qilindi, keyinchalik bu xabar rad etildi. 14 dekabrda esa bu holat yana takrorlangandi. 2019 yil 29 mart kuni Namanganda yana bir bor kuchli gumburlash sodir bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi