O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 536-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “O‘zbek maqom san’ati fakulteti” hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etildi.
Institut O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga idoraviy jihatdan bo‘ysunadi.
Madaniyat sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib maqom ijrochiligi va baxshichilik san’ati bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy- pedagog kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish institutning asosiy vazifasi etib belgilangan.
Institutda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.
Institutda xalqaro ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ta’limning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga qarorga 1-ilovada keltirilgan yo‘nalishlar (mutaxassisliklar) bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan, shuningdek, ushbu yo‘nalishlar (mutaxassisliklar)da tahsil olayotgan talabalar o‘qishlarini Institutda davom ettiradilar.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Institutda maxsus sirtqi ta’lim tashkil etiladi hamda unga madaniyat va san’at ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan avsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi